Lizing


Zamonaviy va yuqori texnologik ishlab chiqarish vositalari- texnika, transport- bu har bir kompaniya tijoriy muvaffaqiyatining asosi hisoblanuvchi yuqori raqobatbardoshlilikning garovidir. Bunday texnologik bazani yaratish biznesda ishlab chiqarish quvvatlarini, mahsulot sifatini yangi darajaga olib chiqish va natijada katta daromad olish imkoniyatini beradi. Biroq odatda faqat yirik korxonalargina bir vaqtning o'zida barcha moddiy texnik bazasini yangilashga etarlicha mablag' mavjud bo'lgani uchun, qo'rqmasdan qaror qabul qila olishi mumkin. Biroq bunday mablag'ga ega bo'lmagan korxonalar o'z moddiy texnik bazasini yangilashi uchun qanday yo'l tutishi kerak? Buning qanday usullari bor?

Bugun lizing xizmati korxonalarga asosiy transport vositalari fondini yangilash, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, soliq va boshqa turdagi yig'imlarni tushirish imkoniyatini taqdim etuvchi eng samarali moliyaviy uslublardan biri hisoblanadi.

 "JV MAN Auto - Uzbekistan" MChJ QK o'z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida transport vositalarini lizingga olish imkoniyatlarini yaratadi. Har bir mijozga xaridni u xohlagan usulda amalga oshirishi uchun sharoit yaratish bizda moliyaviy institutlar, banklar va milliy lizing kompaniyalari bilan ishlash zaruratini tug'diradi.