VII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma «UzSpecTechExpo-2015».

17- 19 mart kunlari Toshkentda VII Xalqaro ixtisoslashtirilgan «UzSpecTechExpo-2015" ko'rgazmasi  bo'lib o'tdi. Transport, yo’l qurilishi va kommunal xo’jaligi sohalarining zamonaviy yo’nalishlarini qamrab olgan mazkur ko’rgazma maxsus texnika va uskunalarni ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi korxonalarning manfaatlarini o’zida mujassamlashtirdi. Ko’rgazmada turli sanoat tarmoqlari uchun yangi uskuna va so’nggi texnik ishlanmalar namoyish etildi.
 
Ochiq ko’rgazma expozitsiyasiga tashrif buyurganlar «JV MAN Auto-Uzbekistan» kompaniyasining quydagi mahsulotlariga baho berish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Jumladan ko’rgazmada: MAN TG 40.400 6x4 BB samosvali, MAN CLA 18.280 4x2 BB chiqindi yig’ish mashinasi, MAN CLA 18.280 4x2 avtokrani, MAN CLA 18.280 4x2 yo’l qurilishi mashinalari namoyish etildi. Tashrif buyurganlar kompaniya stendi bilan yaqindan tanishib, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va korxona to’g’risida barcha zarur ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

 «Qurilish-Uz Build – 2015» XVI xalqaro ko’rgazmasi respublikamiz avtomobil sanoati vakillari qatnashgan yana bir yurik tadbir bo’ldi.  
Ushbu ko’rgazma doirasida ham «JV MAN Auto-Uzbekistan» kompaniyasi mahsulotlari ochiq ko’rgazma ekspozitsiyasida namoyish etilib, ishtirokchilar kompaniya tomonidan taklif etilgan modellar bilan yaqindan tanishish hamda o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bevosita kompaniya vakillari tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.