Turin politexnika universitetida «MAN avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish» mavzusida taqdimot bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir  mahalliylashtirish dasturi doirasida mamlakatimizda istiqbolda o’zlashtirilishi nazarda tutilayotgan avtokomponentlar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

                                                                                  


«JV MAN Auto-Uzbekistan» QK mazkur uchrashuvning asosiy tashabbuskori bo’ldi. Bugungi kunda kuchli raqobat muhitida kompaniyani jadal rivojlantirish uchun mahsulot  tannarxini arzonlashtirish bilan bir qatorda  uning  sifat darajasini muntazam oshirib boorish zarur bo’lib, bunga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali erishish mumkin.

                                                                                   

Bu o'z navbatida, MAN avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi  kompaniyalarga mahsulot turlarini yanada kengaytirish, daromadlarini oshirish va yangi  ish  o’rinlarini  yaratish imkoniyatini beradi.

Mahalliylashtirish doirasida MAN yuk avtomobillari uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro’yxati bilan tanishish maqsadida  O’zbekistonning  turli hududlaridan «GM Uzbekistan» va SamAvto zavodi avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning  rahbarlari va texnik mutahassislari  tashrif buyurishdi.

                                                                                    

Shuningdek, mehmonlar «JV MAN Auto-Uzbekistan» QKning kelgusidagi rivojlanish rejalari va mahalliylashtirish dasturi bilan tanishdilar. Ko’rgazma stendlarida ishlab chiqaruvchilar e’tiboriga original qismlar va komponentlar namoyish etildi.

Tadbir davomida buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi  korxonalar mutaxassislari o’rtasida samarali muloqot bo’lib o’tdi.