Ilhom va innovatsiyalar

  • Texnologiya va ishlanmalar

    Tempomat, GPS boshqaruviga ega

    GPS boshqaruviga ega Tempomat MAN EfficientCruise® kelgusida uchastkalarda ko'tarilish va tushish harakatlarini karta xotirasidan foydalangan holda aniqlaydi. Bu yuk avtomobilining harakatlanishdagi avtomat rejimini diqqat bilan tuzatishga imkon beradi.

    EfficientCruise dan uzoq masofalarda yoki turli yuklarni qisqa masofaga etkazib berishda foydalanish transport vositasining yonilg'i sarfini yo'lga ortiqcha vaqt sarflamasdan 6% gacha kamaytirish imkonini beradi. MAN EfficientCruise® hattoki harakatlanayotgan rejimda uzoq muddat avtobusda bo'lganingizda yonilg'i o'tishini nazorat qiluvchi klapanning harakatini favqulodda nazorat qilishga qodir. Aynan mana shu tufayli haydovchi avtobusni boshqarishga to'liq o'z e'tiborini qaratishi mumkin.

    Haydovchi tomonidan berilgan tezlik doirasida va undan tashqarida MAN EfficientCruise® tizimi yonilg'i sarfini aniqlash maqsadida harakat tezligini nazorat qilib boradi. Bundan tashqari, avtomobilning tepalikka ko'tarilishi va undan tushishini ham aynan mana shu yo'l bilan aniqlaydi va harakatlanish tezligiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.


    Ko'pfunktsiyali rul chambaragi

    Yo'llarda transport vositalari harakatining intensivligi oshib borishi bilan yuk avtomobillari haydovchilariga qo'yiladigan talablar ham ortib bormoqda. MAN dan boshqaruv kontseptsiyasi haydovchiga barcha diqqat e'tiborini yo'lga qaratishga imkon beradi. Ko'p funktsiyali rul chambaragi yordamida haydovchi tempomat va bremzomatni ham boshqarishi mumkin. Shuningdek, rul chambaragini qo'yib yubormasdan audiotizimni ham sozlash imkoniyati mavjud.

    Mazkur yangilikning eng muhim tarkibiy qismi esa uskunalar panelidagi belgilangan funktsiyani o'zida aks ettiruvchi markaziy displey hisoblanadi.

    Haydovchiga tejamkor harakatlanishni tanlashga zarur bo'lgan ma'lumotni olish uchun displeyga birgina tezkor nigoh tashlab qo'yishning o'zi kifoya.

    Moslashtirilgan kruiz-nazorat

    Xavfsizlik va boshqaruvning qulayligi

    Aksariyat holatlarda haydovchilar avtomobil harakatining aniq tezligini to'g'ri baholay olishmaydi. Biroq oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan oraliq masofani esa qayta baholash juda oson. ASS tizimi mustaqil ravishda harakat tezligini, shuningdek, oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan oraliq masofani ham aniqlashga qodir.

    Mazkur tizimdan avtomobil tezligi 25 km/s ni tashkil etganda va undan yuqori bo'lganda foydalanish mumkin. Biroq ushbu tizim asosan magitsral yo'llarda foydalanish uchun mo'ljallangan.

    Kurs barqarorligining elektron tizimi (ESP)

    Harakat dinamikasini nazorat qilish tizimi

    Qor uyumlari natijasida avtomobilning sirpanishi yoki ma'lum bir tarafga ag'darilish xavfi yuzaga kelgan taqdirda esa haydovchi zudlik bilan holatni to'g'ri baholashi va avtomobilni qaytadan o'z nazoratiga olishi uchun harakat qilishi lozim. ESP tizimi doimiy ravishda avtomobilning harakatlanish dinamikasini nazorat qiladi va sirpanish yoki ag'darilish xavfi yuzaga kelganda, nafaqat tormoz tizimiga, balki dvigatel ish faoliyatiga ham o'zining sezilarli ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

    Aynan, tezkor ta'sir ko'rsatuvchi ESP tizimi tufayli eng tajribali haydovchilar ham xavfli vaziyatlarni o'z vaqtida aniqlashadi va avtomobilni jismoniy imkoniyatlardan tashqaridagi holatda ham nazorat ostida ushlab turishadi. Shuningdek, tizim tipik yo'l-transport hodisasi holatlari- yuqori tezlik, burilishlardan o'tish, sirpanchiq yo'l qatlami, shoshilinch to'xtashda ko'ngilsiz yo'l-transport hodisasi kelib chiqishini kamaytirishga xizmat qiladi.

  • MAN magazin

    O'z ish faoliyatida yangi TGX D38 dan foydalanayotgan dastlabki xaridorlardan biri aynan, Tiger-Trans kompaniyasi bo'ldi. Mazkur kompaniyaning haydovchisi, Volgang Myuller ushbu MAN avtomobilidan foydalanish bo'yicha o'z tajribalari haqida hikoya qiladi. U yuk avtomobillarini “trassaning xo'jayini” deb ataydi.

    MAN kompaniyasi tijorat texnikalarini 100 yildan ortiqroq vaqtdan boshlab ishlab chiqarmoqda. Jurnalimiz o'tgan davr mobaynidagi eng muhim sanalarni sizga havola etadi. Misol uchun, Trucknology Generation zamonaviy lineykasida 80 yillarda dunyo yuzini ko'rgan tejamkor mo'jaz dvigatel o'rnatilgan MAN F8 avtomobili, afsonaga aylangan F90 seriyasi shular jumlasidan.

    MANmagazine jurnalining yangi sonida MAN kompaniyasi texnikalari tarixi va uning shartlari e'tiboringizga havola etiladi, Bunda asosan MAN kompaniyasining asosiy ko'rki hisoblangan samaradorlik, ishonchlilik va sifat o'zgarmasdan qolganiga ishonch hosil qilasiz.

    Elektron kutubxonadagi MAN magazin jurnali