Muvaffaqiyat


 MAN kompaniyasida ishlash – korporativ madaniyat asosining qismi bo'lish, ya'ni ijodiy o'ylash, qiziqarli loyihalarni rivojlantirishga intilish va vazifalarni hal qilish demakdir. Biz bilan elkama-elka turib, korxona rivojiga o'z hissasini qo'sha oladigan iste'dodli yoshlarni, tajribali rahbarlarni qidirayapmiz.

Siz MAN kompaniyasi bilan birgalikda har kuni dunyo miqyosidagi dvigatellarni yaratishga qodirsiz.

MAN mahsulotlari va ko'rsatayotgan xizmatlari dunyo bo'ylab peshqadamlik qilmoqda. MAN korxonasining har bir xodimi o'zining qimmatli vaqt va bilimlarini ishga solib, kompaniyaning rivojiga hissa qo'shmoqda. Aynan shuning uchun biz muntazam ravishda nafaqat korxonaning, balki ishchilarning ham innovatsion va barqaror rivojlanib borishining tarafdorimiz. Bizning bozordagi muvaffaqiyatimiz ijtimoiy va ekologik mas'uliyatimizni to'la his qilishimizda namoyon bo'ladi.

 Zavodda mahsulot sifati va ishonchliligini ta'minlash uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy uskunalar, ilg'or texnologiyalar va malakali xodimlar bilan ta'minlangan. Texnikadan foydalanish yaxshi, ammo ushbu murakkab jarayonda o'zining bilim va salohiyatini ishga solib mehnat qilayotgan xoh talaba, xoh tajribali ishchi yoki shogird bo'lsin ,malakali ishchi-xodimlar muhim o'rin tutadi.

Ayni paytda “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo'shma korxonasida qariyb, 300 kishi mehnat qilmoqda. Zavod tsexlarida ishlayotgan yoshlar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, har yili jiddiy sinov va tanlovdan o'tgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga qabul qilinadi. Aksariyat talabalar amaliyotini zavodda o'taydi.

Korxona kadrlar tayyorlash masalasi yuzasidan Turin politexnika universiteti, Samarqand avtomobilsozlik va Jomboy transport kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilmoqda. Natijada esa iste'dodli yoshlar ish bilan ta'minlanmoqda.

Zavodda mehnat madaniyati yuqori, ishchi-xodimlar o'zaro ahil va samimiy. Shuning uchun ham jamoa MAN brendi ostida chiqayotgan mahsulotdan iste'molchi mamnun bo'lishi va munosib baholashi uchun uning sifati yuqori bo'lishini ta'minlash mas'uliyatini chuqur his etgan holda, samarali mehnat qilmoqda.

Korxonaning puxta o'ylangan ijtimoiy siyosati yuqori ishlab chiqarish standartlarini saqlash imkonini berayapti. Maxsus ish kiyimi, issiq ovqat, tibbiy yordam bilan ta'minlangani, muntazam malaka oshirish va rag'batlantirib borish yo'lga qo'yilgani jamoani yanada samarali mehnat qilishga undab, ish unumdorligini oshirishga yordam bermoqda.